OMMAVIY OFERTA


Mazkur hujjat “STARTUP GARAGE” MCHJning (Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahar, G‘ishtko‘prik MFY, Guzar ko‘chasi, 2-uy, X/R 20208000407084364002, “ALOQA BANK” AT Bosh office, MFO: : 00401  STIR: 311372275, IFUT: 63120; keyingi o‘rinlarda – “Xizmat ko‘rsatuvchi”) “Founders School” (http://sgfounders.school/) platformasi xizmatlaridan foydalanish bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-370-moddalariga muvofiq xizmat ko‘rsatish shartnomasini (keyingi o‘rinlarda — Shartnoma) tuzish yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — “Foydalanuvchi”) rasmiy taklif hisoblanadi.

“Foydalanuvchi” tomonidan mazkur ofertada belgilangan harakatlarning bajarilishi, u tomonidan quyidagi shartlar so‘zsiz qabul qilinganligini anglatadi (Ofertaning aksepti). Ofertani aksept qilgan paytdan shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Mazkur shartnomada to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilmagan barcha hollarda, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va ish muomalasi odatlariga rioya qiladilar.

Foydalanuvchining platformada ro‘yxatdan o‘tishi mazkur ofertani qabul qilganligini anglatadi. Ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab, foydalanuvchi ushbu shartnoma shartlarini qabul qilgan va shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

  1. SHARTNOMANING PREDMETI
1.1. Xizmat ko‘rsatuvchi Foydalanuvchi buyurtmasi bo‘yicha mazkur Shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatilgan xizmatlarni ko‘rsatish,  Foydalanuvchi esa ushbu xizmatlar uchun haq to‘lash majburiyatini oladi.
1.2. Xizmat ko‘rsatuvchi mazkur Shartnomaning 1.4-bandida ko‘rsatilgan muddatda Foydalanuvchiga “Founders School” dasturi doirasida oflayn ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish majburiyatini (keyingi o‘rinlarda – “Xizmatlar” deb ataladi) o‘z zimmasiga oladi.
1.3. Foydalanuvchi kurs davomida mentorlik ko‘magi, Startup Garage rezidentligiga qabul qilinish, hamda eng yaxshi bitiruvchilar qatoriga kirgan taqdirda $10,000 dan boshlab investitsiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
1.4. Xizmat ko‘rsatish muddati: Shartnoma Tomonlar tomonidan imzolangan kundan boshlab, 2 (ikki) oy davomida amal qiladi.

II. TO‘LOV SHARTLARI
2.1. Kurs narxi 1 300 000 so‘mni tashkil etadi.
2.2. To‘lov butunlay oldindan amalga oshiriladi yoki Ta’lim Markazi bilan kelishilgan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati taqdim etiladi.
2.3. To‘lov bank orqali yoki boshqa rasmiy to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
2.4 Foydalanuvchiga dastlabki ikki (2) ta dars namunaviy darslar sifatida taqdim etiladi. Ushbu darslar asosida Foydalanuvchi kurs sifati haqida xulosa chiqarish imkoniyatiga ega.
2.5. Agar Foydalanuvchi ushbu ikki darsni o‘qiganidan so‘ng kurs mazmuni yoki sifatidan norozi bo‘lsa, u holda  yozma ravishda Xizmat ko‘rsatuvchiga murojaat qilib, kursda ishtirok etishdan voz kechganligini bildirishi va oldindan to‘langan mablag‘ning to‘liq qaytarilishini talab qilishi mumkin.
2.6. Mazkur murojaat Foydalanuvchi tomonidan namunaviy ikkinchi darsni tugatgan vaqtdan boshlab 24 soat Ichida yuborilishi lozim. Aks holda, ushbu huquq amaldan chiqadi va Foydalanuvchi kurs shartlarini to‘liq qabul qilgan hisoblanadi.
2.7. Foydalanuvchining yozma rad javobi elektron pochta, platformadagi shaxsiy kabinet yoki boshqa aloqa vositalari orqali yuborilishi mumkin.


III. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
3.1 Xizmat ko‘rsatuvchi platformadagi o‘quv materiallarini ularning dolzarbligi hamda zamonaviy ta’lim standartlari va bozor talablariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida muntazam ravishda yangilab borish va kengaytirish majburiyatini oladi.
3.2 Xizmat ko‘rsatuvchi platformada mavjud bo‘lgan barcha o‘quv materiallari malakali mutaxassislar va o‘zlarining tegishli bilim sohalaridagi ekspertlar tomonidan ishlab chiqilganligiga kafolat beradi.
3.3 Xizmat ko‘rsatuvchi yuqori sifatli kontentni, jumladan uning ilmiy asoslanganligi, amaliy ahamiyati va taqdimotning tushinarligini ta’minlash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.
3.4. Foydalanuvchi platformada mavjud bo‘lgan materiallardan faqat shaxsiy ta’lim va kasbiy mahoratini oshirish uchun foydalanishga rozilik bildiradi.
3.5 Foydalanuvchi platformadan o‘quv materiallarini tijorat maqsadlarida ko‘chirmaslik, tarqatmaslik yoki foydalanmaslik, shu jumladan qayta sotmaslik, pullik o‘quv kurslarida nashr etmaslik yoki Xizmat ko‘rsatuvchining yozma ruxsatisiz boshqa tijorat maqsadlarida foydalanmaslik majburiyatini oladi. Shu bilan birga, foydalanuvchi mualliflik huquqi va axborot manbasini ko‘rsatgan holda ushbu materiallarni notijorat maqsadlarda ijtimoiy tarmoqlar va Internetda tarqatishi mumkin.
3.6 Foydalanuvchi platformadagi barcha o‘quv materiallari va kontentlarni mualliflik huquqi bilan himoyalanganligini va Xizmat ko‘rsatuvchiga yoki uning litsenziyasi asosida faoliyat yurituvchi subyektlarga tegishli ekanligini tan oladi.
3.7 Foydalanuvchi platforma va undagi o‘quv materiallaridan foydalanish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Xizmat ko‘rsatuvchidan maslahat va texnik yordam olish huquqiga ega. Xizmat ko‘rsatuvchi elektron pochta, platformadagi onlayn chat yoki platformada ko‘rsatilgan boshqa aloqa vositalari orqali texnik yordam beradi.
3.8 Xizmat ko‘rsatuvchi o‘z vaqtida va malakali yordam ko‘rsatishga intiladi, lekin vaqt zonalaridagi ehtimoliy farqlarni, ish soatlari hamda kiruvchi savollar hajmini hisobga olgan holda Xizmat ko‘rsatuvchi barcha so‘rovlarga darhol javob berishga kafolat bermaydi.

IV. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
4.1 Xizmat ko‘rsatuvchi foydalanuvchi tomonidan platforma materiallaridan foydalanish natijasida yuzaga keladigan bevosita va bilvosita zarar, foydalanuvchi yoki uchinchi shaxslarning boy berilgan foydalari uchun javobgar bo‘lmaydi.
4.2 Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan taqdim etilgan o‘quv kurslarini sotib olish orqali olingan barcha bilimlar faqat qonuniy va axloqiy maqsadlar uchun mo‘ljallanganligini tan oladi va rozi bo‘ladi. Foydalanuvchi platformada olgan bilimlaridan noqonuniy, qonunga yoki axloqqa zid harakatlar, jumladan, xakerlik, axborotga ruxsatsiz kirish, zararli dasturlarni yaratish va tarqatish, intellektual mulk huquqlarini buzish uchun foydalanmaslik majburiyatini oladi.
4.3 Agar Foydalanuvchi platformada olgan bilimlaridan noqonuniy yoki qonunga zid ravishda foydalansa, Foydalanuvchi bunday harakatlar uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi va bunday harakatlar bilan bevosita yoki bilvosita bog’liq bo‘lgan har qanday zararni Xizmat ko‘rsatuvchiga qoplab berishga rozilik beradi.
4.4 Agar Foydalanuvchi platformada olgan bilimlaridan noqonuniy yoki qonunga xilof maqsadlarda foydalanayotganligi aniqlansa, Xizmat ko‘rsatuvchi xizmatlarni taqdim etishdan bosh tortish yoki Foydalanuvchining o‘quv kurslariga kirishini oldindan ogohlantirmasdan to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
4.5 Foydalanuvchi platformada olgan bilimlaridan foydalanish bilan bog‘liq barcha ehtimoliy xavf-xatarlardan xabardor ekanligini tasdiqlaydi va qonuniylik, axloq va jamoat xavfsizligi tamoyillariga muvofiq harakat qilish majburiyatini oladi.

V. SHARTNOMANI BIR TOMONLAMA BEKOR QILISH
5.1 Xizmat ko‘rsatuvchi quyidagi hollarda foydalanuvchilarning platformaga kirishini bir tomonlama cheklash yoki ushbu shartnomani bekor qilish huquqiga ega:
5.2 Foydalanuvchi tomonidan ushbu shartnoma shartlarini buzish, shu jumladan, platformadagi materiallardan Xizmat ko‘rsatuvchining tegishli ruxsatisiz tijorat maqsadlarida foydalanish, yolg’on ma’lumotlarni yoki uchinchi shaxslarning huquq va manfaatlarini buzuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan materiallarni tarqatish.
5.3 Platformaning normal ishlashini buzishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirish, jumladan, ruxsatsiz kirishga urinish, viruslarni tarqatish va xakerlik hujumlarini amalga oshirish.
5.4 Ro‘yxatdan o‘tish paytida foydalanuvchi o‘zi haqida noto‘g’ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni taqdim etish.
5.5 Qonun bilan to‘g’ridan-to‘g’ri taqiqlangan yoki Internetdagi xatti-harakatlar qoidalari va mezonlarini buzadigan boshqa harakatlar.
5.6 Foydalanuvchining platformaga kirishi cheklangan taqdirda, Xizmat ko‘rsatuvchi cheklash sabablarini ko‘rsatgan holda foydalanuvchini qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi.
5.7 Foydalanuvchi istalgan vaqtda Xizmat ko‘rsatuvchi xizmatlaridan voz kechish huquqiga ega, bu esa ushbu shartnomani bekor qilish bilan barobardir. Buning uchun foydalanuvchi o‘z qarori haqida Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan belgilangan tartibda Xizmat ko‘rsatuvchini xabardor qilishi kerak.

VI. NIZOLARINI HAL ETISH TARTIBI
6.1. Mazkur Shartnomani bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolar va kelishmovchiliklar imkon qadar Tomonlar o‘rtasida muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.
6.2. Nizolar va kelishmovchiliklarni Tomonlar o‘rtasida muzokaralar yo‘li bilan hal etib bo‘lmaydigan holatlarda, ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun beriladi.

VII. FORS-MAJOR HOLATLAR
7.1. Tomonlar majburiyatlar qisman yoki to‘liq bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi, agar bunday holatlar yengib bo‘lmas kuch, ya’ni tabiiy ofatlar, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar yoki alohida davr oqibati hisoblanib, davlatning tegishli organlari tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa.
7.2 Bunday holatlarda, mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati ushbu hodisalar ro‘y bergan davrga mutanosib ravishda suriladi.

VIII. SHAXSIY MA‘LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH
8.1 Foydalanuvchi Xizmat ko‘rsatuvchiga platformada ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish jarayonida taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlarini, jumladan, ismi, familiyasi, elektron pochta manzili, aloqa telefoni, ta’lim olganligi to‘g’risidagi ma‘lumoti va kasbiy ma’lumotlarini qayta ishlash uchun foydalanishga o‘z roziligini beradi.
8.2 Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashdan maqsad platformadagi o‘quv materiallariga kirishni ta’minlash, yangiliklardan xabardor qilish, o‘quv jarayonini tashkil etish, shuningdek, platformada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashdir.
8.3 Xizmat ko‘rsatuvchi foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik majburiyatini oladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar yoki foydalanuvchi bunday harakatlarga to‘g’ridan-to‘g’ri rozilik bergan hollar bundan mustasno.

IX. BOSHQA QOIDALAR
9.1 Ushbu shartnoma ommaviy oferta foydalanuvchisi tomonidan platformada roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab kuchga kiradi va nomaʼlum muddatga amal qiladi.
9.2 Xizmat ko‘rsatuvchi ushbu shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi, bu haqda foydalanuvchilarni platforma yoki elektron pochta orqali xabardor qiladi. 9.3 Bunday o‘zgarishlar kuchga kirgandan so‘ng foydalanuvchilarning platformadan foydalanishi ularning yangilangan shartlarni qabul qilgani deb hisoblanadi.
9.4 Ushbu shartnoma shartlarini bajarish bilan bog‘liq barcha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan va amaldagi qonunchilikka muvofiq hal qilinadi.
9.5 Xizmat ko‘rsatuvchi foydalanuvchilarni platforma orqali xabardor qilgan holda, ushbu shartnoma shartlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega
+998 78 113 71 72
© 2025 SG Founders School. All rights reserved.