1000+ hamjamiyat a’zolari
Founders Community bilan hamkorlik qilib, tadbirkorlik kelajagini quvvatlang
Birgalikda biz O‘rta Osiyodagi yangi avlod asoschilarini bilim, murabbiylar va global imkoniyatlar bilan ta’minlaymiz.
Homiy bo‘lish
Founders Community — O‘rta Osiyodagi birinchi bepul tadbirkorlik platformasi.
Bugungi kunga qadar erishilgan natijalar:
1000+
asoschilar (Startup Garage va AloqaBank tomonidan to‘liq homiyligi asosida)
100+
soatlik onlayn uchrashuvlar o’tkazildi
10+
startaplar sotuvlarini boshladi
Hamjamiyat quyidagilarni taklif qiladi:
Onlayn kurslar va qo‘llanmalar (startap, investitsiya, venchur kapital)
Haftasiga 2-3 ta jonli ekspert sessiyasi (yiliga 100 dan ortiq)
Networking va ishchi yollash imkoniyati
Mahalliy expertlar bilan bepul konsultatsiyalar
Hamkorlardan chegirmalar va imtiyozlar
Yangi asoschilar uchun tajriba orttirish va rivojlanish uchun xavfsiz muhit
Nega korporativ homiylik muhim?
Homiylik orqali siz nafaqat brend obro‘sini oshirasiz, balki jamiyatning kelajagiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatasiz.
Strategik brend pozitsiyasi
Kompaniyangiz Markaziy Osiyodagi innovatsiya va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi asosiy brend sifatida ko’rinadi.
O‘lchanadigan ijtimoiy ta’sir
Har $100 = 1 asoschi umrboqiy bepul ta’lim. Sizning qo‘shgan hissangiz soni va natijasi bo‘yicha shaffof, aniq hisobotlar beramiz.
Potensial mijozlar oqimi
10 000+ asoschi va yuzlab yangi startaplar - potensial mijozlaringiz, hamkorlaringiz va kelajakdagi B2B yechim xaridorlari bo’lishi mumkin.
Talantlar bilan bog’lanish
Yosh, iste’dodli asoschilar va startap jamoalari bilan erta tanishing. Platformamiz orqali eng iqtidorli mutaxassislarni birinchi bo‘lib jalb qiling.
Founders Community barcha uchun bepul bo’ladi.
Sizning homiyligingiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’lim, murabbiylik va hamjamiyat rivojiga sarflanadi.
Har $100 = 1 asoschining ta’limi
Homiy bo'lish